| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi81 marta oʻqildi

Davlat soliq qoʻmitasi: Oʻzbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln soʻmni tashkil etdi

Agar har bir isteʼmolchi tomonidan chek talab qilinsa, xufiyona iqtisodiyot ulushi qisqarishi barobarida, soliqlardan boʻyin tovlash holatlari kamayib, byudjet tushumlari oshib boradi.

Davlat soliq qoʻmitasi: Oʻzbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln soʻmni tashkil etdi

Oʻzbekiston xufiyona iqtisodiyoti 245 trln soʻmni yoki YaIMdan umumiy ulushi taxminan 48 foizni tashkil etadi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

Xufiyona iqtisodiyotga sabab boʻlayotgan omillardan biri – xarid chekini talab qilmaslik. Bu, oʻz navbatida, tadbirkorlik subʼyektlari orasida nosogʻlom raqobat muhitining shakllanishiga olib keladi.

«Agar har bir isteʼmolchi tomonidan chek talab qilinsa, xufiyona iqtisodiyot ulushi qisqarishi barobarida, soliqlardan boʻyin tovlash holatlari kamayib, byudjet tushumlari oshib boradi. Natijada mamlakat iqtisodiyoti rivojlanadi», deyiladi qoʻmita xabarida.

Davlat soliq qoʻmitasi sotib olish joylarida chek berish talabi rad etilgan taqdirda, isteʼmolchi quyidagilarga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanliklarini eslatib oʻtmoqda:

(71) 244−98−98 yoki 1198 raqamli «ishonch telefoni»ga;

Soliq mobil ilovasidagi Soliq hamkor boʻlimi orqali;

DSQning Telegram-boti orqali;

Elektron soliq xizmatlari portali (my.soliq.uz) orqali.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ