| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi103 marta oʻqildi

Mehnat migranti oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga tenglashtiriladi, endi u qaysi soliqlarni toʻlaydi?

Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar Oʻzbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlashning hojati yoʻq.

Mehnat migranti oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga tenglashtiriladi, endi u qaysi soliqlarni toʻlaydi?

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalada ayrim tushunmovchiliklar boʻlayotgani sababli, masalaga biroz oydinlik kiritishga ehtiyoj tugʻildi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromad soligʻi toʻlamaydi, ijtimoiy soliqni esa pensiya olish uchun ish stajiga ehtiyoj sezsagina toʻlaydi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi.

Ularga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi.

Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar oʻziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega boʻlishi uchun Pensiya jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin, bu 2020 yil uchun kamida BHMning 50 foizi hajmida (111 ming 500 soʻm) belgilangan.

Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar Oʻzbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlashning hojati yoʻq.

Koʻrinib turibdiki, mehnat migrantlarining oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ