Isteʼmolchilar kayfiyatini aniqlash boʻyicha sentyabr oyi soʻrov natijalari eʼlon qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalarini eʼlon qildi, u isteʼmolchilarning kayfiyatini aks ettiradi.

Mazkur soʻrov natijalari mamlakatda iqtisodiy faollikning oʻzgarishini koʻrsatib, milliy iqtisodiyotdagi qisqa muddatli tendensiyalarni prognozlashtirishda foydalaniladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi isteʼmolchilar kayfiyatini aniqlash boʻyicha har oylik soʻrov natijalarini eʼlon qildi (Isteʼmolchilar kayfiyati indeksi). Sentyabr oyi uchun oʻtkazilgan soʻrovda jami 3 500 dan ortiq kishi ishtirok etib, aholining barcha qatlamini – jinsi, yoshi, daromadi va maʼlumoti boʻyicha kategoriyalarni qamrab olgan.
Isteʼmolchilar kayfiyati indeksi xalqaro tan olingan metodologiyaga muvofiq hisoblanadi.
Maʼlumot uchun: Isteʼmolchilar kayfiyati indeksi iqtisodiy indikator boʻlib, aholi (uy xoʻjaliklari)ning mamlakatning iqtisodiy holati haqidagi fikrlarini baholashga xizmat qiladi. Mazkur indeks ikkita qism – isteʼmolchilar tomonidan joriy iqtisodiy holat va ularning kelgusidagi kutilmalari baholaridan tashkil topgan. Odatda kutilmalar iqtisodiyot oʻsayotganda yaxshi, pasayayotganda esa yomonroq boʻladi.
Indeks 0 dan 200 gacha intervalda boʻlib, uning 100 dan baland boʻlishi aholi orasida iqtisodiyotda optimistik kutilmalarning kuchliligini anglatadi.
Soʻrov natijalariga koʻra, sentyabr oyida Isteʼmolchilar kayfiyati indeksi 90 bandni tashkil etdi (avgust - 87 band) va bu koʻrsatkich oʻtgan 5 oyga nisbatan eng yuqori hisoblanadi.

Eʼtiborlisi, xuddi shunday indeks sentyabr oyida AQShda - 79, Buyuk Britaniyada -75, Rossiyada – 89 bandni tashkil etgan. Avgust oyida esa bu indeks Ukrainada - 68, Turkiyada – 82, Janubiy Koreyada – 79 bandni qayd etgan.
Hududlar boʻyicha eng katta koʻtarilish Sirdaryo (+12 band), Qashqadaryo (+6) va Xorazm (+5) viloyatlarida qayd etilgan boʻlsa, eng katta pasayish Buxoro (- 4) va Navoiy (- 4) viloyatlarida kuzatildi.
Joriy holat
Sentyabr oyida ishchi oʻrinlar soni oʻtgan 6 oyga nisbatan koʻpayganini maʼlum qilganlar ulushi oʻtgan oydagi koʻrsatkich 13% dan 19,1% ga yetgan. Shu bilan birga, ishchi oʻrinlari soni qisqarishini koʻrsatganlar ulushi oʻtgan 4 oyga nisbatan eng kam hisoblanadi.
Kutilmalar
Isteʼmolchilarning kelgusidagi umumiy kutilmalarida optimistik kayfiyat kuzatilib, oʻtgan oydagi koʻrsatkichdan 1 bandga ortib, 109 bandni tashkil etdi.
Eʼtiborlisi, mazkur oyda respublikaning barcha hududlarida aholining kutilmalarida ijobiy holat qayd etildi. Xususan, soʻrovda qatnashganlarning 36% kelgusida mamlakatning iqtisodiy holati yaxshilanishini, 25% esa yomonlashishini kutayotganini bildirgan. 39% respondentlar esa mamlakatdagi iqtisodiy holat oʻzgarmasligini maʼlum qilgan.
Shuningdek, 25% ishtirokchi kelgusida oʻzining daromadi koʻpayishini kutmoqda.
Shu bilan birga, keyingi 6 oyda ishchi oʻrinlari soni koʻpayishini kutayotganlar 30% ni tashkil etgan va mazkur ulush oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarmagan.
Sentyab oyida soʻrovda qatnashganlarning 78% maʼlum qilishicha, davlat tomonidan koʻrilayotgan inqirozga qarshi choralar yetarli boʻlmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Infografika: Oʻzbekistonning 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida MDH davlatlari bilan savdo aloqasi

