Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari COVID-19 pandemiyasining oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri haqida (+video)
Obid Xakimov, BMT Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dongyu taqdim etgan maʼlumotlarga havola qilgan holda ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini cheklash boʻyicha amalga oshirgan siyosati samarasiz ekanligi va bu keng koʻlamli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida Obid Xakimov, BMT Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dongyu taqdim etgan maʼlumotlarga havola qilgan holda ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini cheklash boʻyicha amalga oshirgan siyosati samarasiz ekanligi va bu keng koʻlamli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Xalqaro press-klub (XPK) “Oʻzbekiston-BMTJ muhim tashabbuslar va dolzarb takliflar” mavzusidagi yigʻilishida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Xakimov COVID-19 pandemiyasining oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishga taʼsiri xususida fikr bildirirar ekan davlat rahbari tomonidan taklif etilgan tashabbuslarning dolzarbligi boʻyicha quyidagilarni bildirib oʻtdi:
Birinchidan – xavf eng yuqori boʻlgan sohalarda eʼtiborni oshirgan holda insonlarning hayotini saqlash va ularning hayot kechirishi uchun mablagʻ topish imkoniyatini saqlab qolishini taʼminlash
Ikkinchidan – ovqatlanish sohasida ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish zarur.
Taʼkidlash joizki, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 2021 yilda Oziq-ovqat tizimlari boʻyicha Sammit chaqirish tashabbusi bilan chiqqan.
Tadbir davomida Obid Xakimov BMT prognoziga toʻxtalar ekan, yil oxirigacha global miqyosda ochlik koʻrsatkichi oshishi kutilayotganligini maʼlum qildi. Hozirgi kunda qariyb 820 million nafar kishi, yaʼni sayyoramizning har 9 nafar aholisi yetarli oziq-ovqatga ega emas. COVID-19 inqirozi tufayli bu yil yana 49 millionga yaqin kishi oʻta qashshoqlik darajasiga tushishi mumkin. Oʻtkir oziq-ovqat yoki ovqat yetishmasligi boshdan odamlar soni ortib borishi ehtimoli yuqori. Global yalpi ichki mahsulotning har bir foiz punktiga kamayishi boʻy oʻsishda nuqsoni bor bolalar sonining 0,7 mln.ga oshishiga olib kelishi emperik jihatdan isbotlanganligi toʻgʻrisida maʼlum qildi.
Shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dongyu taqdim etgan maʼlumotlarga havola qilgan holda ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini cheklash boʻyicha amalga oshirgan siyosati samarasiz ekanligi va bu keng koʻlamli gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, FAO bosh direktori maʼlumotlariga tayangan holda «Koronavirus pandemiyasi sharoitida Vyetnam (guruch eksport qiluvchi uchta davlatning biri), guruch eksportini toʻxtatgan. Qozogʻiston – bugʻdoy uni, grechka va sabzavotlar, shu jumladan piyoz, sabzi va kartoshka, Belorusiya – grechka, piyoz va sarimsoq, Turkiya – limon mahsulotlari eksportini toʻxtatishgan. Bundan tashqari, dunyodagi eng yirik guruch isteʼmolchisi boʻlgan Xitoy, guruchning ayrim navlarini sotib olish narxlarini oshirdi va zaxira hosil qilish uchun rekord hajmlarda xarid qilishni rejalashtirgan. Rossiya ham bugʻdoy savdosini 2020 yil iyuliga qadar butunlay cheklab qoʻydi» – deb maʼlumot berib oʻtildi.
Shu bilan birga, eng yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari - AQSH, Xitoy, Hindiston va Rossiya - JST doirasida ishlab chiqilgan tashabbusga qoʻshilishdan bosh tortishgan. Xususan:
oziq-ovqat taʼminoti zanjirlarini ochiq holda saqlash;
oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan asossiz savdo cheklovlarini qoʻllamaslik;
har qanday favqulodda cheklovlarni qoʻllashda mutanosiblik va muddatlarga rioya qilish.
Obid Xakimov Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida savolga javob berar ekan, oziq-ovqat xavfsizligi oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojni taʼminlash boʻyicha ham jismoniy ham iqtisodiy taʼsirni oshirish orqali taʼminlashga erishilganligini taʼkidladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

