| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi211 marta oʻqildi

Maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi

2021 yil 1 yanvardan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.

Maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi

“Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4860, 13.10.2020 y).

Qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2020-2021 yillarda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi" tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilida tajriba-sinov tariqasida:

  • shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi;

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan maktabda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich tayanch korreksion sinflar ochiladi;

  • Qashqadaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida joylashgan bittadan kasb-hunar maktabida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar tashkil etiladi.

Shuningdek, 2021/2022 oʻquv yilidan:

  • ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida majburiy oʻrta taʼlim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi;

  • ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 10-11 sinf (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 8-9 sinf) oʻquvchilari uchun kasbga oʻqitish kurslari tashkil etiladi va bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

2021 yil 1 yanvardan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.

Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida uning belgilangan shtat birliklari doirasida “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi” tashkil etiladi.

Mazkur laboratoriyaning asosiy vazifalaridan biri maktablarda inklyuziv taʼlim uchun shart-sharoitlar yaratish, inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ