| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Markaziy Osiyo1 daqiqada oʻqiladi1 786 marta oʻqildi

​​Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 27 noyabr kuni Toshkentda yigʻiladi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 27 noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning soʻzlariga asoslanib, «Kazinform» xabar berdi.

«Avvalroq qoʻshnilarimizni maslahatlashuv uchrashuvi oʻtkazishga chaqirgandim. Ostonada ana shunday uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvlar turli poytaxtlarda boʻlib oʻtishini istardim. Bu yilgi Toshkentdagi uchrashuv belgilanganidek 27 noyabr kuni boʻlib oʻtishiga umid qilaman», — dedi Nursulton Nazarboyev.

Nazarboyevning qayd etishicha, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida hal qilinmagan masalalar bor. «Toʻqnashuvlar yuz bermoqda, odamlar halok boʻlmoqda», — taʼkidladi u.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil martda Qozogʻiston poytaxtida oʻtkazilgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ