Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonun bilan tayanch tushunchalar joriy etildi, asosiy prinsiplar belgilandi.

700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev: JSTga aʼzo boʻlish – Oʻzbekiston oldidagi eng ustuvor maqsadlardan biri
Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlish – Oʻzbekiston uchun eng zarur va ustuvor maqsadlardan biri sanaladi, deb maʼlum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev «Nikkei Asian Review» nashriga bergan intervyusida.

Ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi belgilandi
Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Kripto-birja savdosini amalga oshirish qoidalari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019 yil 6 dekabrdagi 172-son buyrugʻi bilan Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi, xususan, Kripto-birja savdosini amalga oshirish qoidalari belgilandi.

BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi
“BMTning biometrik hujjatiga ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Tovarlar va mahsulotlarni yer osti yoʻllarida, koʻpriklarda sotish taqiqlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.

Jizzaxda Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi tashkil etildi
“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

1 yanvardan nimalar oʻzgaradi?
Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida xabar beruvchi "Huquqiy axborot kanali"da keltirilishicha 2020 yil 1 yanvardan quyidagi oʻzgarishlar kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev YeXHT Parlament assambleyasi raisini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YeXHT PA) raisi Georgiy Seretelini qabul qildi.

Parlament saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga boʻlgan saylovlar natijasini Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov eʼlon qildi.

Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirishga birinchi litsenziya berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligidan maʼlum qilishlaricha, kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya Koreyaning “Kobea Group” kompaniyasiga berildi.

Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan (1023-son, 20.12.2019 y.) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori (1021-son, 20.12.2019 y.) bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
Bugun, 22 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.

MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Oʻzbekistonda TEAM universiteti ochiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “TEAM universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.

Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralar olib kirilmaydi
Hukumat tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligiga eʼtibor qaratildi.

JICA bilan uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari kelishib olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.

Strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotni imzoladi.

Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi
“Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Oʻrta biznesga QQS boʻyicha imtiyoz taqdim etilmaydi
Ilgari xabar qilganimizdek, QHTBT portalida Prezidentning «Oʻrta biznesni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi eʼlon qilingan edi. Shu kunlar ichida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda Soliq kodeksining yangi tahririga koʻra tuzatish kiritilgan loyiha portalda eʼlon qilindi.

Prezident farmoni bilan ijodiy ishlarga gonorarlar miqdori belgilandi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5723-sonli) Farmoni imzolandi.

Mashinali “boyvachcha”lar nega tashvishga tushishlari kerak?
Maʼlumki, yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Unda, jumladan, avtomobil egalaridan undiriladigan ikki yigʻim ham joriy etilishi koʻzda tutilgan. Bu ayrim fuqarolarimiz tomonidan salbiy talqin qilinmoqda.
