BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi
“BMTning biometrik hujjatiga ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

“BMTning biometrik hujjatiga ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash va viza rejimini yengillashtirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–5896-son, 24.12.2019 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab BMTning biometrik hujjatiga (qizil rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Shuningdek, Farmonga koʻra:
BMTning biometrik hujjatiga (moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekistonga kirish vizalari Oʻzbekistondagi taklif qiluvchi tomonning xati asosida 2 ish kuni ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi;
BMTning biometrik hujjatlariga (qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti) ega boʻlgan va Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning oʻzida amal qilish muddati mazkur hujjatlarning amal qilish muddatidan kam boʻlmagan milliy pasporti (harakatlanish hujjati) boʻlishi lozim.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

