| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi1 289 marta oʻqildi

MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati boʻlib oʻtdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020 yilda Hamdoʻstlikda Oʻzbekiston raisligining ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlandi. Prezident Toshkentga joʻnab ketdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ