| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi204 marta oʻqildi

Tovarlar va mahsulotlarni yer osti yoʻllarida, koʻpriklarda sotish taqiqlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.

Tovarlar va mahsulotlarni yer osti yoʻllarida, koʻpriklarda sotish taqiqlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 4-2 kichik band bilan toʻldiriladi:

“4-2. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yoʻllarida, koʻpriklarda, avtomobil yoʻllarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”;

189-band (Ushbu Qoidalarni buzganlik quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoiy kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi) quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldiriladi:

“tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) taqiqlangan joylarda sotish”.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 13-bandi (Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldiriladi:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yoʻlaklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ