Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori (1021-son, 20.12.2019 y.) bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Hukumat qarori (1021-son, 20.12.2019 y.) bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalovchi organ etib belgilandi.
Litsenziyalash obʼyektni konservatsiyalash, restavratsiya qilish, taʼmirlash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish hamda tiklash ishlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼyektlarini asrashga doir faoliyat bilan belgilangan tartibda litsenziya olgan yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin.
Litsenziya quyidagi toifalar boʻyicha beriladi:
I toifadagi litsenziya –mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan obʼyektlarda asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun;
II toifadagi litsenziya – respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan obʼyektlar boʻyicha asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun.
Litsenziya olish uchun daʼvogar Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtish zarur hisoblanadi, litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi vositasida litsenziyalar reyestrini shakllantiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

