Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi
“Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

“Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (1010-son, 17.12.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.
Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri transport va turizm obʼyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish hisoblanadi.
2021 yil 1 yanvarga qadar transport obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlovchi profilaktika inspektorlari mobil videoregistrator hamda qidiruvdagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega planshetlar bilan, patrul-post xizmati xodimlari esa mobil videoregistratorlar bilan taʼminlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

