| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi207 marta oʻqildi

700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (1031-son, 24.12.2019 y.).

Qarorga koʻra, Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” barpo etish davom ettiriladi.
Shunga koʻra, 700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etiladi.

“Yashil qoplamalar” barpo etish uchun, jumladan:

  • oʻrmon xoʻjaliklaridan qoʻshimcha 1000 nafar xodim jalb etiladi;

  • ishchilar oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan taʼminlanadi;

  • choʻl oʻsimliklari urugʻlari zaxirasini jamgʻarish va ekish uchun uzluksiz yetkazib beriladi;

  • aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlar jalb etiladi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xatirasi”ga koʻra, 3 ming gektar maydonda mahsuldor yaylovzorlar barpo etiladi.
Moʻynoq shahrini koʻkalamzorlashtirish uchun mos boʻlgan daraxt koʻchatlarini yetishtirish maqsadida Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligida 20 gektar maydonda koʻchatxona tashkil etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ