| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi195 marta oʻqildi

Jizzaxda Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi tashkil etildi

“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Jizzaxda Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi tashkil etildi

“Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (1027-son, 23.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MChJ shaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va agrologistika kompleksi tomonidan olib kelinadigan (tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha) xomashyo, uskuna, maxsus transport vositalari va texnika uchun bojxona toʻlovlari (QQS va bojxona yigʻimidan tashqari) toʻlashdan;

  • agrologistika kompleksiga chet eldan jalb qilinadigan mutaxassislar - jismoniy shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etildi.

Qaror bilan, shuningdek, “Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ