JICA bilan uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari kelishib olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Tokiodagi Akasaka qarorgohida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaokani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash va ustuvor dasturlarni ilgari surishga qaratilgan koʻp yillik hamkorlik uchun JICA rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Bugungi kunda sheriklikdagi loyihalar qiymati 4 milliard dollardan ortiqni tashkil etmoqda. Uzoq muddatli hamkorlik boʻyicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ziyod boʻlgan, jumladan, energetika, sanoat va qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, ekologiya, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalardagi loyihalarni oʻz ichiga olgan yangi dastur oʻzaro kelishib olindi.
Kichik va oʻrta biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, taʼlim sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston va JICA hamkorligidagi har bir loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida "yoʻl xaritasi" ishlab chiqishga kelishib olindi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

