Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan (1023-son, 20.12.2019 y.) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Hukumat qarori bilan (1023-son, 20.12.2019 y.) Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladi.
Yer uchastkasini tanlash materiallari “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi hududiy qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)lar qurilish boʻlimi tomonidan tayyorlanadi.
“Davergeodezkadastr” organlari yer uchastkasining boshlangʻich narxini belgilaydi.
Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va ular boʻyicha xulosalar berish “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkasi haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini tanlash materiallari boʻyicha kelishish va xulosalar berish faqat “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi organlari tomonidan boʻsh yer uchastkalari “YERELEKTRON” AATga har oyning 5 va 20-sanalarida joylashtiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar “YERELEKTRON” AATda yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obʼyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlarning koordinatalari har oyda kamida bir marta yangilanadi.
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun har yili 10 iyun va 10 dekabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari tomonidan quyidagi mezonlar boʻyicha tasdiqlanadi:
yer soligʻining yillik miqdori;
yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlar;
yer uchastkasining joylashgan joyi;
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarining mavjudligi.
Yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun auksionda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ariza va zakalat kiritish orqali ishtirok etiladi.
Auksionda fuqarolar, shuningdek, Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etishga haqli.
Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻlib, ushbu yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksion gʻolibi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani auksion gʻolibining aybi boʻlmagan taqdirda, maʼmuriy tartib-qoidalarga rioya qilmaslik munosabati bilan bekor qilish yoki oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

