Oʻzbekistonda TEAM universiteti ochiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “TEAM universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “TEAM universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga muvofiq, universitet masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, ixtiyorida boʻlgan pul mablagʻlari va mol-mulki bilan oʻz majburiyatlariga javob beradi.
Tadbirkorlik va boshqaruv sohasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Universitet Toshkent shahrida tashkil etiladi va uning Termiz shahrida filiali tashkil qilinadi.
TEAM universiteti taʼlim faoliyati 2020-2021 oʻquv yilidan boshlanadi.
Universitetda taʼlim raqamli texnologiyalar, masofaviy taʼlim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-oʻqitish, “blended learning” va boshqa zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida amalga oshiriladi.
Universitet Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temur Malik koʻchasi, 146-uy manzilida, uning Termiz shahridagi filiali esa Surxondaryo viloyati Termiz shahri, Hakim at-Termiziy koʻchasi, 13-uy manzilida joylashgan Surxondaryo viloyati yuridik kolleji hududida tashkil etiladi.
Kollej balansidagi barcha oʻquv binolari va inshootlar joylashgan yer uchastkasi “Business School HUMO Campus” MChJ (yangi universitet taʼsischisi)ga bepul taqdim qilinadi.
Universitet 2023 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan ozod qilinadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

