Oʻrta biznesga QQS boʻyicha imtiyoz taqdim etilmaydi
Ilgari xabar qilganimizdek, QHTBT portalida Prezidentning «Oʻrta biznesni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi eʼlon qilingan edi. Shu kunlar ichida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda Soliq kodeksining yangi tahririga koʻra tuzatish kiritilgan loyiha portalda eʼlon qilindi.

Xususan, moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonovning fikricha, QQS zanjirini toʻlaqonli taʼminlash uchun uni barcha ishtirokchilar toʻlashi zarur, chunki uzilish keyingi boʻgʻinning soliq yukini oshiradi. Ushbu boʻgʻin korxonalari uchun QQS «oborot soligʻi»ga aylanib qoladi.
Qaror loyihasining yangi tahririda «Kichik biznes subʼyektlariga taqdim etiladigan barcha imtiyozlar oʻrta biznesga ham qoʻllaniladi. Yillik oboroti 1 mlrd soʻmdan 3 mlrd soʻmgacha boʻlgan oʻrta biznes subʼyektlari QQS toʻlashdan ozod etiladi» degan band chiqarib tashlangan.
Shu tariqa, qaror loyihasiga muvofiq oʻrta biznesga imtiyoz, shu jumladan QQS boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi