| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi365 marta oʻqildi

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan tayanch tushunchalar joriy etildi, asosiy prinsiplar belgilandi.

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan tayanch tushunchalar joriy etildi, asosiy prinsiplar belgilandi.

Jumladan, qonuniylik, oshkoralik va ochiqlik, investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi, investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi kabilar investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplaridir.

Qonunga koʻra, investitsiyalar moʻljallangan obʼyektiga koʻra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga boʻlinadi.

Inson salohiyatini, koʻnikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiya ijtimoiy investitsiya hisoblanadi.

Shuningdek, Qonun bilan investitsiyalarni amalga oshirish shakllari, investitsiya resurslari belgilandi.

Xususan, pul mablagʻlari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablagʻlar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, koʻchar va koʻchmas mol-mulk hamda boshqa obʼyektlar investitsiya resurslari jumlasiga kiradi.

Bundan tashqari, Qonunda investorning, investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari, majburiyatlari, investitsiya faoliyati subʼyektlarining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ