| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi244 marta oʻqildi

Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralar olib kirilmaydi

Hukumat tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligiga eʼtibor qaratildi.

Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralar olib kirilmaydi

Hukumat tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligiga eʼtibor qaratildi (14.12.2019 yildagi 999-son VMQga qarang).

2020 yil 1 martdan boshlab ishlab chiqarilganidan eʼtiboran bojxonada rasmiylashtirilguniga qadar 3 yildan ortiq muddat oʻtgan, ilgari foydalanishda boʻlgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini taqiqlanadi. Bunda ishlab chiqarilgan yili ishlab chiqaruvchi zavodning tegishli sana koʻrsatilgan texnik pasporti bilan tasdiqlanadi. Hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi va tovarlarning davlat chegarasidan noqonuniy olib oʻtilishi uchun import qiluvchilar javob beradi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan bojxona toʻlovlari imtiyozlarining amal qilishi bekor qilinadi.

Maxsus idoralararo ishchi guruhlari tomonidan qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyati hududlar kesimida oʻrganiladi. 15 yanvarga qadar ular joylarga chiqqan holda, metall prokatining sifati va xavfsizligiga oid belgilangan standartlarga amal qilish holatini tekshiradilar. Normativlarga amal qilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Qurilish vazirligi tomonidan metall prokatini ishlab chiqarish, sotish va qoʻllash taqiqlanadi.

1 fevralga qadar texnik jihatdan tartibga solish sohasida amaldagi normativ hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi, 1 martga qadar esa metall prokatining sifati va xavfsizligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradigan sinov laboratoriyalari modernizatsiyalanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ