Shavkat Mirziyoyev: JSTga aʼzo boʻlish – Oʻzbekiston oldidagi eng ustuvor maqsadlardan biri
Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlish – Oʻzbekiston uchun eng zarur va ustuvor maqsadlardan biri sanaladi, deb maʼlum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev «Nikkei Asian Review» nashriga bergan intervyusida.

Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlish – Oʻzbekiston uchun eng zarur va ustuvor maqsadlardan biri sanaladi, deb maʼlum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev «Nikkei Asian Review» nashriga bergan intervyusida.
Davlat rahbari 2017 yildan Oʻzbekistonda kompleks islohotlar boshlangani, 2019 yilga kelib xorijiy investitsiyalar hajmi bir yil oldingidan 3 barobarga ortib, 7 mlrd dollarni tashkil etishi kutilayotganini qayd etib oʻtgan.
Intervyu Shavkat Mirziyoyevning 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga amalga oshirgan davlat tashrifidan oldin olingan boʻlib, unda Oʻzbekiston prezidenti Yaponiya bilan hamkorlikda 6 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotganini aytib oʻtgan. Bular orasida, jumladan, Navoiy viloyatidagi yangi IES qurilishi loyihasi ham bor.
Bundan tashqari, Mirziyoyev Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari qishloq xoʻjaligi, neft-gaz, neft-kimyo va turizm sohalarida ham rivojlanib borayotganiga eʼtibor qaratib, mamlakatlar oʻrtasidagi uzoq muddatli strategik hamkorlikni mustahkamlash istagida ekanini bildirgan.
Nikkeiʼning yozishicha, prezident mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash va inson huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganini ham taʼkidlagan. Shuningdek, davlat rahbari 22 dekabrdagi saylovlar Oʻzbekistonning taraqqiy etgan demokratik mamlakatlar sirasiga kirish yoʻlidagi dastlabki qadami boʻlishini qayd etgan.
Tashqi siyosat borasida esa Shavkat Mirziyoyev ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar rivojiga urgʻu berib, Rossiya, AQSh, Xitoy va boshqa davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga chiqarish niyatini bildirgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

