| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑

O'zbekistonning ommaviy yangiliklari: ijtimoiy dasturlar, kambag'allarga yordam, Review.uz saytida O'zbekistonda ijtimoiy hayotning so'nggi yangiliklari

629 ta material

Jamiyat

Qoʻlda terilgan paxta uchun toʻlanadagan haq miqdori maʼlum qilindi

Taʼlim, sogʻliqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini hamda taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari paxta terimiga jalb qilinmaydi. Buning uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shaxsan masʼul etib tayinlangan.

Jamiyat

Oʻzbekistonda rasman qoʻsh familiyalikka ruxsat berildi

Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova boʻlsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova boʻlishi mumkin.

Jamiyat

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi: Aholi ayrim uyali aloqa operatorlari borligi haqida hatto bexabar

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Oʻzbekistondagi aloqa operatorlari xizmatlari sifatini oʻrgangan chogʻida ayrim viloyatlardagi holatlar qoniqarsiz ekanligi aniqlandi. Xorazm viloyati misolida aytadigan boʻlsak, bugungi kunda viloyatda 479 ta mahalla mavjud. Ularning 196 ta hudud aholisi Mobiuz aloqa kompaniyasi haqida hatto bilishmaydi, qolgan 237 ta mahallada qoniqarli holatda.

Jamiyat

Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

Ilgari 7-10 ish kuni ichida koʻchmas mulk obʼyektlariga kadastr pasportlari berilgan boʻlsa, endi 3-5 ish kunida kadastr pasportlarini olish mumkin.

Jamiyat

Oʻzbekiston 2016 yildan buyon ilk marta "Global Innovatsion Indeks"ga kiritildi

Agar 2015 va 2020 yillar natijalarini Oʻzbekistonning global innovatsion indeksining tarkibiy qismlari boʻyicha taqqoslasak, unda respublika 7 komponentdan 4tasida ijobiy, 3tasida salbiy oʻzgarishlarni qayd etdi.

Jamiyat

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingida keskin yuqoriladi

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingining 1-oʻrinida Shveysariya oʻrin olgan. Oʻzbekiston 30 pogʻona yuqorilab, 93-oʻrinni egalladi.

Jamiyat

2019 yil va 2020 yilning birinchi yarmida bogʻchalarda aniqlangan yirik moliyaviy qonunbuzarliklar

Respublika boʻyicha bogʻchalarda eng yirik moliyaviy qonunbuzarliklar Samarqand viloyatida, eng kam miqdorda moliyaviy qonunbuzarliklar Sirdaryo viloyatida kuzatildi.

Jamiyat

Bolalar bogʻchalari faoliyatiga 5 sentyabrdan ruxsat berildi

Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan bogʻchalar oʻz faoliyatini tiklaydi.

Jamiyat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegaralar ochildi

1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegaralar ochilib, oʻzgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etildi.

Jamiyat

Hukumat qarori bilan Qarshi tumanida ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanadi

Qaror bilan tumandagi har bir mahallada dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan aholi roʻyxati shakllantiriladi.

Jamiyat

Umid Aliyev: Kambagʻallik qopqonidan chiqarish uchun ijtimoiy nafaqalarni 18 yoshgacha doimiy toʻlab borish zarur (video)

Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi boʻyicha qarori yuzasidan “Oʻzbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan koʻrsatuvda YuNISEF tashkiloti eksperti Umid Aliyev inson kapitalini rivojlantirish va kambagʻallikdan chiqish uchun ijtimoiy nafaqalarni doimiy ravishda amalga oshirib borish toʻgʻrisida tashkilot tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi.

Jamiyat

Ikkita roʻyxatda boʻlgan bolalarga moddiy yordam qanday toʻlanadi (video)

Moliya vaziri birinchi oʻrinbosari Dilshod Sultanov 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga toʻlanadigan bir martalik 500 ming soʻm yordam puli kimlarga va qay tarzda toʻlanishi xususida "Oʻzbekiston 24" telekanalida batafsil maʼlumot berdi.

Jamiyat

Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi boʻyicha qarori yuzasidan mutaxassislarning fikr-mulohazalari (video)

27 avgust kuni “Oʻzbekiston 24” telekanalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori mutaxassislar oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

Jamiyat

Imtihon kunlari Toshkent shahridagi avtobuslar odatdagidan barvaqt ish boshlaydi (+xarita)

Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari Paxtakor stadioni, Milliy bogʻ, Talabalar shaharchasi, Ashxobod bogʻi, Gʻalaba bogʻi, Botanika bogʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Jamiyat

Andijonda yangi institut tashkil etildi

Institutning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot va qurilish sohasi boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash.

Jamiyat

Yuridik universiteti magistraturasiga kimlar test sinovlarisiz qabul qilinadi?

TDYuU magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni kirish test sinovlarisiz 2020/2021 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish muddati istisno tariqasida 2020 yil 15 sentyabrga qadar uzaytiriladi.

Jamiyat

Moʻynoqda yangi ishga tushgan aeroportga Toshkentdan parvozini amalga oshirgan yoʻlovchilar kelib qoʻndi (foto)

Moʻynoq aeroporti 1947 yilda qurilgan boʻlib, u 3-toifaga ega aerodrom sifatida «An-24», «Yak-40» va boshqa yengil samolyotlarni va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qila olgan.

Jamiyat

FVV: Oʻzbekistonning togʻli hududlariga sel kelishi mumkin

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan ehtiyot choralarini koʻrishni soʻramoqda.

Jamiyat

Oʻzbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi

JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.

Jamiyat

Oʻzbekistonlik oʻquvchi ilk bor Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni Toshkent pediatriya instituti qoshidagi akademik litsey 2-bosqich oʻquvchisi Saida Valijonova qoʻlga kiritgan.

Jamiyat

Maktablarni 14 sentyabrdan ochish taklifi kiritildi

Ekspertlar fikridan kelib chiqib, bu yilgi oʻquv yilini 14 sentyabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi, deb yozmoqda Xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov.

Jamiyat

Bakalavriatga oʻqishga qabul qilish tartibiga ayrim oʻzgartirishlar kiritildi

Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari OTMga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinishi bekor qilindi.

Jamiyat

AQSh Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan iyun oyida eʼlon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida 200 ta oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamasi Oʻzbekistonga taqdim qilindi.

Jamiyat

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida» gi qonun loyihasining yangi tahriri eʼlon qilindi

Yangi tahrirdagi qonun loyihasida konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishda, Oʻzbekistonning hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishda, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini tahqirlashda, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jamiyat

1 sentyabrdan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi?

Oʻzbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kiradi. Bundan tashqari yana bir qancha yoʻnalish va sohalarda oʻzgarishlar kuzatiladi.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ