| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston 2016 yildan buyon ilk marta "Global Innovatsion Indeks"ga kiritildi

Agar 2015 va 2020 yillar natijalarini Oʻzbekistonning global innovatsion indeksining tarkibiy qismlari boʻyicha taqqoslasak, unda respublika 7 komponentdan 4tasida ijobiy, 3tasida salbiy oʻzgarishlarni qayd etdi.

Oʻzbekiston 2016 yildan buyon ilk marta "Global Innovatsion Indeks"ga kiritildi

Joriy yilning 2 sentyabrida Global Innovatsiyalar Indeksining 2020 yilgi hisoboti eʼlon qilindi.

Ushbu hisobotga koʻra, soʻnggi yillarda statistik maʼlumotlarning ochiqligi va nashr etilishi uchun infratuzilmaning sezilarli yaxshilanishi tufayli 2016 yildan buyon Oʻzbekiston birinchi marta indeksga kiritilgan. Respublika dunyoning 131 mamlakati orasida 93 ball bilan 24,54 oʻrinni egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston eng yuqori 28,56-ball bilan (77-oʻrin). Keyingi oʻrinlarni Oʻzbekiston 24,54 ball (93-oʻrin), Qirgʻiziston 24,51 ball (94-oʻrin) va Tojikiston 22,23 ball bilan (109-oʻrin) egallab turishibdi.

Agar 2015 va 2020 yilgi natijalarni Oʻzbekistonning global innovatsion indeksining tarkibiy qismlari boʻyicha taqqoslasak, unda respublika 7 komponentdan 4tasida ijobiy, 3tasida esa salbiy oʻzgarishlarni qayd etdi. Davlatimiz innovatsion indeksi davlat institutlarining sifati, inson kapitali va tadqiqot faoliyati, infratuzilma va bozorni rivojlantirish komponentlari koʻrsatkichlari boʻyicha mos ravishda 6,1, 0,5, 9,5 va 10,5 punktlarga oʻsgan.

Aksincha, biznesni rivojlantirish, fan va texnika va ijodiy mahsulotlar kabi tarkibiy qismlar koʻrsatkichlari mos ravishda 4,8 punktga, 13,1 punktga va 1 punktga kamaygan.

Maʼlumot uchun, Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan soʻrovnomalar va 61 ta koʻrsatkichga tegishli miqdoriy statistik maʼlumotlar dan tashkil topgan. 2015 yil holati boʻyicha oʻrganilganda, respublika ushbu reytingda 141 ta davlat ichida maʼlumotlarning yetarli darajada emasligi va mavjud statistik maʼlumotlarning eskirganligi boʻyicha 4-oʻrinda deb topilganligini inobatga olgan xolda, Oʻzbekistonning 2020 yilda ushbu reytingda aks etishi ham xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

2020 yilda 80 ta koʻrsatkichdan iborat boʻlgan Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari ichida oʻrta daromaddan pastroq davlatlar orasida rivojlanish darajasiga mos boʻlgan davlatlar (Lower middle-income group), Institutsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infrastruktura (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yoʻnalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini koʻrish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining PF-5544-sonli «2019−2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiya toʻgʻrisida"gi Farmonida asosiy vazifalardan biri etib 2030 yilga qadar respublikani Global innovatsion indeks baholash reytingida yetakchi 50 ta davlatlar qatoriga kiritilishi belgilangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ