| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi204 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda rasman qoʻsh familiyalikka ruxsat berildi

Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova boʻlsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova boʻlishi mumkin.

Oʻzbekistonda rasman qoʻsh familiyalikka ruxsat berildi

Davlat xizmatlari agentligining xabar qilishicha, endilikda nikohlanuvchilarga qoʻshfamiliyalikka ruxsat etiladi.

«Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova boʻlsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova boʻlishi mumkin», deyiladi xabarda.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan FHDYo sohasiga oid bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan qaror tasdiqlandi. Jumladan, bola tugʻilganda beriladigan suyunchi puli, dafn marosimi uchun bir marotabalik nafaqa pullarini olish uchun maʼlumotlar endi qoʻlma-qoʻl fuqarolarga berilmasdan, Pensiya jamgʻarmasiga maxsus elektron tizim orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yuboriladi.

«FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritilayotgan maʼlumotlarning toʻgʻri va aktualligi doimiy ravishda tekshirib boriladi. Buning uchun FHDYo organlari xodimlari arxivdagi mavjud hujjatlarni elektron tizimga kiritilgan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali nazorat qiladi.

Shuningdek, xabarda keltirilishicha, FHDYo xodimlari oylik ish haqlari oʻrta hisobda 3 baravarga oshishi, FHDYo organi mudirasi ish haqi 5,0 mln. soʻmga (1,5 mln. soʻm boʻlgan), 1 va 2-toifali inspektorlar ish haqi 3,2−3,5 mln. soʻmga yetishi (1,2−1,3 mln. soʻm boʻlgan) koʻzda tutilmoqda.

«Adolatni taʼminlash uchun FHDYo boʻlimlari va nikoh uylari mudirlari, inspektorlari hokimliklar tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi uchun ustamalar toʻlash hamda martaba darajalari olishga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi. Shu bilan birga, ularga qoʻyiladigan talablar ham shunga yarasha boʻladi», deyiladi Davlat xizmatlari agentligi xabarida.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ