| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi196 marta oʻqildi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegaralar ochildi

1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegaralar ochilib, oʻzgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etildi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegaralar ochildi

1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi avtoyoʻl oʻtkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish boʻyicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda bekor qilindi.

Ushbu oʻzgarishlar doirasida quyidagi tartib joriy etilgan:

  • oxirgi 14 kun Qirgʻizistonda boʻlib turgan yoki soʻnggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;

  • Qirgʻizistonga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan soʻng karantin nazoratiga olinmaydi;

  • qolgan barcha vaziyatlarda Oʻzbekistonga kirib keluvchi shaxslar oʻrnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ