FVV: Oʻzbekistonning togʻli hududlariga sel kelishi mumkin
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan ehtiyot choralarini koʻrishni soʻramoqda.

26−27 avgust kunlari respublikaning togʻ va togʻoldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
«Ehtiyot choralarini koʻrishingizni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning „1050“ raqam"iga murojaat qilishingizni soʻraymiz», deyiladi FVV xabarida.
Maʼlumot uchun, avvalroq Oʻzgidromet 26 avgust kuni mamlakat hududining katta qismida momaqaldiroqli yomgʻir yogʻishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

