Moʻynoqda yangi ishga tushgan aeroportga Toshkentdan parvozini amalga oshirgan yoʻlovchilar kelib qoʻndi (foto)
Moʻynoq aeroporti 1947 yilda qurilgan boʻlib, u 3-toifaga ega aerodrom sifatida «An-24», «Yak-40» va boshqa yengil samolyotlarni va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qila olgan.

Moʻynoq shahridagi aeroport qayta taʼmirlanib, yangi koʻrinishda ishga tushirildi, deya maʼlum qildi Qoraqalpogʻiston xabar agentligi.
26 avgust kuni yangi ushbu aeroportga Toshkentdan yoʻlovchi parvozini amalga oshirgan Airbus A-320 samolyoti qoʻndi.
Maʼlumot uchun, Moʻynoq aeroporti 1947 yilda qurilgan boʻlib, u 3-toifaga ega aerodrom sifatida «An-24», «Yak-40» va boshqa yengil samolyotlarni va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qila olgan.
2019 yilning yanvar oyida Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Moʻynoq tumani barcha zaruriy infratuzilmaga, jumladan, innovatsion maktab, sport obʼyektlari, davolash-profilaktika muassasalari, zamonaviy aeroport, mehmonxona, savdo va koʻngilochar dam olish markazlariga ega boʻlgan zamonaviy shaharchaga aylantirilishi koʻzda tutilgan.
Fotogalereya 5
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi






