O'zbekistonning ommaviy yangiliklari: ijtimoiy dasturlar, kambag'allarga yordam, Review.uz saytida O'zbekistonda ijtimoiy hayotning so'nggi yangiliklari
629 ta material

Ichki ishlar xodimi fuqarolarning pasportini tekshirishga haqlimi?
Ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirishga huquqiga ega.

Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov koronavirusdan tez va oson qutulish yoʻlini aytdi
Muammoning yagona va eng samarali yechimi sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi, dedi Alisher Shadmanov.

Aziz Voitov 84 nafar xodimning mehmonxonada oʻtkazgan kunlari uchun byudjet mablagʻlaridan bir soʻm ham ishlatilmaganligini izohlab berdi
Investitsiya va tashqi savdo vazirligining 84 nafar xodimi Toshkent shahrida joylashgan Inter Hotel (sobiq Intercontinental) mehmonxonasida 22 sutka yashab, 918 million 677 ming 500 soʻm toʻlov amalga oshirgani haqidagi xabarni vazirlik masʼul xodimi izohladi.

Soliq organiga deklaratsiya topshirish orqali kontrakt toʻlovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin
Toʻlov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Maktablarda inklyuziv taʼlim joriy qilinadi
2021 yil 1 yanvardan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining rahbar xodimlariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.

Umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash joriy etiladi
Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (334 500 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida 2030 yilga borib Oʻzbekistonda kambagʻallikni ikki barobarga qisqartirish masalasi qoʻyilgan
12 oktyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xalqaro munozara klubi doirasida “Pandemiya davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash: Oʻzbekiston va Germaniya tajribasi” mavzusidagi ikkinchi uchrashuvini tashkil etdi.

Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi
Xalq deputatlari isitish mavsumini qachondash boshlash masalasini oʻrganib chiqib, bir qarorga kelishdi.

Sherzod Saparov: “Temir daftar”ga kiritish paytida mahalla raislari muayyan yordam oluvchilarni eʼtiborsiz qoldirgan
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi oʻrinbosari Sherzod Saparov “temir daftar”ga kiritish paytida mahalla xodimlari va sektorlar rahbarlari bir necha yil davomida toʻplangan mol-mulk (transport vositalari, koʻchmas mulk va boshqalar) asosida moddiy ahvolni baholashgani, ular oilalarning daromadsiz qolganini inobatga olishmagani haqida gapirdi.

Buxorodagi sayyor qabullardan soʻng taʼmirtalab yoʻllar taʼmirlab berildi
Chorbakr ziyoratgohiga boradigan avtomobil yoʻlini taʼmirlash masalasini koʻtargan fuqaro murojaat joyiga chiqib oʻrganilgach, shu kunning oʻzida 1 km. yoʻl taʼmirlab berildi.

Qanday hollarda YPX xodimi haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyishi mumkin?
Transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qoʻllash belgilangan boʻlsa, haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyiladi. Masalan, xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyish mumkin emas.

Alisher Usmonov Oʻzbekistonda rus-tilini oʻqitish darajasini yaxshilashga moliyaviy yordam koʻrsatmoqda
2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistonga yoʻnaltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga koʻpayadi.

"Superkontrakt" miqdorlari tasdiqlandi
"Superkontrakt" narxlari oldingi yillardan arzonlashtirilgan. Juda koʻp yoʻnalishlarda oddiy kontraktning 8 baravari etib tayinlangan.

Turizm sohasidagi tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Ushbu kompensatsiyalar turizm sohasi subʼyektlarining kreditlari soni va hajmidan, shuningdek, oldin berilgan va (yoki) berilayotgan kompensatsiyalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi.

Sirdaryoda koronavirusdan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish markazida kislorod baloni yorilib ketdi
FVV Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi maʼlumotni taqdim etdi. Markazdagi barcha fuqarolar xavfsiz hududga koʻchirilgan.

Majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi
2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yigʻimlar, jarimalar va boshqa majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi.

Ekologiyani muhofaza qilish organlari inspektorining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlar 1 mln 115 ming soʻmgacha jarimaga tortiladi
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek, uning koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Sayyor qabullar: Eʼtibor markazida Toshkent viloyati
Sayyor qabullar Toshkent viloyatining Bekobod, Olmaliq, Yangiyoʻl, Angren, Ohangaron, Chirchiq, Nurafshon shaharlari hamda Zangiota va Boʻstonliq tumanlarida boʻlib oʻtdi.

Toshkentda issiqlik taʼminotiga haq toʻlash tartibi oʻzgartiriladi
Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 soʻm miqdorida belgilandi.

Kimlarga un va qolipli non xarid qilish uchun oylik kompensatsiya toʻlanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrda qabul qilingan “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, ayrim toifa shaxslarga un va qolipli non xarid qilishlari uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi.

Sayyor qabul: muammolar joyida hal etildi
Tadbirkorlar va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlardan kelib tushgan 11 ta daʼvo ariza koʻrib chiqilib, shundan tadbirkorlik subʼyektlari foydasiga 590,3 million soʻm undirildi.

Qoraqalpogʻistondagi sayyor qabulning dastlabki kuni 132 murojaat ijobiy hal etildi
Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari koʻtarildi.

Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlarining ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarga qoʻshgan hissasi Dushanbe shahrida muhokama qilinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, akademik Akmal Saidov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, «Maʼno» markazi, JIDU, Toshkent davlat madaniyat va sanʼat instituti, Davlat konservatoriyasining yetakchi mutaxassislaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Bolalar bogʻchalarida birinchi katta guruhlar ochiladi
Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning maʼlum qilishicha, birinchi oʻrinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. MTTlarga yozilish uchun elektron navbat noyabr oyidan erta davom ettiriladi.

Xorij jurnalida Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasasi toʻgʻrisida maqola chop etildi
“QS EECA reytingidan joy olgan Oʻzbekistonning yagona instituti” sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalari yoritilgan.
