| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi353 marta oʻqildi

Bolalar bogʻchalarida birinchi katta guruhlar ochiladi

Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning maʼlum qilishicha, birinchi oʻrinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. MTTlarga yozilish uchun elektron navbat noyabr oyidan erta davom ettiriladi.

Bolalar bogʻchalarida birinchi katta guruhlar ochiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida dushanba kunidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ochish boshlandi. Hozircha har bir tumanda bittadan, biroq 14 sentyabrdan mazkur jarayon butun Oʻzbekiston boʻyicha boshlanadi. Bu haqda 10 sentyabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toza suv zaxirasi, tozalovchi va dezinfeksiya vositalari mavjudligi taʼminlagan holdagina ish boshlash ruxsati beriladi. MTTlar ochilishi uchun xalq deputatlari Kengashi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati talab qilinadi.

Birinchi oʻrinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. Bu 5 yoshgacha boʻlgan bolaning ijtimoiy masofa saqlashi va gigiyena qoidalariga amal qilishdagi qiyinchiliklari bilan izohlanadi. Masalan, u oʻziga qadar boshqa bolalar oʻynagan oʻyinchoqni ogʻziga olib borishi mumkin. Oʻrta guruhlarning (4-5 yoshdagi bolalar) ochilishi oktyabr oyiga, kichik guruhlarning (3 yoshdagi bolalar) ochilishi noyabr oyiga moʻljallangan.

«Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyat qarab oʻzgarishi mumkin», dedi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.

MTTlarga yozilish uchun elektron navbat noyabr oyidan erta davom ettiriladi. Hozirda navbatda 610 mingga yaqin bola bor. Sentyabrga qadar maktabgacha taʼlim bilan atigi 36,82 foizni qamrab olish mumkin boʻldi. Hozircha vazirlik maktabgacha tashkilotlarga kelayotgan tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Hozirgi sharoitda guruhdagi bolalarning tavsiya etilgan soni 15 nafarni tashkil qiladi.

MTV MTTga borishni istaganlar soni tavsiya etilganlardan koʻra koʻproq boʻlishi mumkinligini tan oldi, ammo ota-onalardan barcha omillarni hisobga olgan holda toʻgʻri tushunishlarini umid qilmoqda.

Vazirlik soʻrovlariga koʻra, ota-onalarning qariyb 30-35 foizi bolasini maktabgacha taʼlim muassasalariga qaytarib berishga tayyor, ammo «ertaga bu 40%, keyin 50% boʻlishi mumkin. Qishloq xoʻjaligi ishlari boshlanadi, korxonalar surʼatlarni oshirmoqda. Albatta, bolasini hech kimga tashlab ketolmaydigan ota-onalar boʻladi. Ular maktabgacha taʼlim muassasalariga borishadi», dedi Agrippina Shin.

Bolalar va xodimlarning xavfsizligi uchun tashkilotlar oʻquvchilarni qachon olib kelish va olib ketish jadvallarini tuzadilar. Tarbiyachilar bolalarni qabul qilishadi, ota-onalar maktabgacha taʼlim muassasasi hududiga kiritilmaydi. Binolar kuniga uch marta maxsus vositalar yordamida nam tozalash, oʻyinchoqlar, oʻquv materiallari va jihozlarni sanitarizatsiya qilish, shuningdek, ayvonchalar va bolalar maydonchalarini dezinfeksiya qilish ishlari olib boriladi. Maydonchalarda tarbiyachilar va boshqa guruhlarning bolalari bilan muloqot qilish mumkin boʻlmaydi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ