| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi54 marta oʻqildi

Toshkentda issiqlik taʼminotiga haq toʻlash tartibi oʻzgartiriladi

Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 soʻm miqdorida belgilandi.

Toshkentda issiqlik taʼminotiga haq toʻlash tartibi oʻzgartiriladi

Toshkent shahrida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida toʻlash tizimiga oʻtkaziladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” matbuot xizmati xabar qildi. Bu Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi tegishli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

“2020-2021 yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun hisob-kitob toʻlov tizimiga oʻtkaziladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif 142 soʻm miqdorida belgilandi.

Isitish mavsumining boshlanishi Toshkent shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Qolgan tariflar avvalgi darajada qoladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ