Ichki ishlar xodimi fuqarolarning pasportini tekshirishga haqlimi?
Ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirishga huquqiga ega.

"Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida"gi Qonunga asosan ichki ishlar organlari oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chogʻida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish huquqiga ega.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos boʻladigan maʼlumotlar mavjud boʻlib, u qochmoqchi boʻlsa yoki doimiy yashaydigan joyi yoʻq yoxud shaxsi aniqlanmagan boʻlsa ushlab turilishi mumkin.
Bunday hollarda ichki ishlar organi xodimi (boshqa vakolatli shaxs):
oʻzini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga koʻra oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi;
gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini maʼlum qilishi;
ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega boʻlish, koʻrsatuvlar berishni rad etishga boʻlgan protsessual huquqlarini tushuntirishi;
ushlab turilgan shaxsga u bergan koʻrsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi;
ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart.
Ushbu protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart (kechiktirib boʻlmaydigan hollardan tashqari).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

