Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov koronavirusdan tez va oson qutulish yoʻlini aytdi
Muammoning yagona va eng samarali yechimi sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi, dedi Alisher Shadmanov.

Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashib, sogʻlom turmush tarzining foydali jihatlari haqida gapirdi.
— Koronavirus infeksiyasi kishilarning sogʻligʻi, hayotiga xavf solayotgan bir paytda hammani virusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin, degan savol qiynamoqda, — dedi A.Shadmanov. — Muammoning yagona va eng samarali yechimi sogʻlom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi. Kasallikning kuchli asoratlari va oʻlim holatlari asosan yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, oʻpkaning surunkali kasalliklari boʻlgan yoki ortiqcha vaznga ega boʻlgan, tamaki va alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilgan, kamharakat insonlarda uchramoqda. Shuni unutmasligimiz kerakki, kasallikning yengil kechishi yoshga bogʻliq emas, katta yoshda boʻlsa ham toʻgʻri ovqatlanadigan, jismoniy faol boʻlgan, semizligi va diabeti boʻlmagan insonlarda kasallik ancha yengil kechadi.
Qayd etilishicha, sogʻlom turmush tarzining asosi esa — jismoniy faollik va toʻgʻri ovqatlanishdir. Mutaxassislarning fikriga koʻra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi xastaliklardan butunlay yiroq boʻladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

