"Superkontrakt" miqdorlari tasdiqlandi
"Superkontrakt" narxlari oldingi yillardan arzonlashtirilgan. Juda koʻp yoʻnalishlarda oddiy kontraktning 8 baravari etib tayinlangan.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi (PDF). Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam boʻlmagan holda qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yili uchun qoʻllaniladi.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari ushbu taʼlim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qoʻllangan holda hisoblanadi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning izoh berishicha, narxlar har yilgidan arzonlashtirilgan. Jumladan, juda koʻp yoʻnalishlarda oddiy kontraktning 8 baravari etib tayinlangan. Ilgari eng arzoni 10 baravar boʻlardi.
«Masalan, eng arzon kontrakt 5 771 349 soʻm boʻlsa, demak ushbu yoʻnalishlarning super-kontrakti 46 mln 170 ming soʻm boʻladi», — deb yozdi huquqshunos.
Shuningdek, tibbiyot yoʻnalishida ham narx arzonlashgan. Ilgari oliy hamshiralikdan boshqa barcha tibbiyot yoʻnalishida 20 baravar edi. Joriy yilda 15−17 baravar etib arzonlashtirilgan. Moliya-iqtisod yoʻnalishlari ham ilgari 15 baravar edi, joriy yil 10 baravar etib belgilangan. Faqat birgina yurisprudensiya yoʻnalishi oʻzgarmagan — 25 barobar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

