Kimlarga un va qolipli non xarid qilish uchun oylik kompensatsiya toʻlanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrda qabul qilingan “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, ayrim toifa shaxslarga un va qolipli non xarid qilishlari uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi.

Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʻliq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida quyidagilarga un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun 50 000 soʻm miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi toʻlanishi keltirilgan:
yoshga doir va nogironligi boʻyicha nafaqa oluvchilar;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga) oluvchilar;
bolalikdan nogironligi boʻlgan 16 yoshdan katta shaxslar;
16 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar;
18 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar;
belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvchilar;
2 yoshgacha boʻlgan bolalar parvarishi uchun tayinlangan nafaqa oluvchilar;
moddiy yordam oluvchi oilalar;
14 yoshgacha boʻlgan bolalari uchun tayinlangan nafaqani oluvchi oilalar;
belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida pensiya oluvchilar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

