Sirdaryoda koronavirusdan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish markazida kislorod baloni yorilib ketdi
FVV Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi maʼlumotni taqdim etdi. Markazdagi barcha fuqarolar xavfsiz hududga koʻchirilgan.

Bugun 7 oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir boʻldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Hosil boʻlgan kinetik zarba toʻlqinidan bino oynalari parchalanib, bir nafar fuqaroga tan jarohati yetgan.
"Taʼkidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga koʻchirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan", deyiladi xabarda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

