| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi277 marta oʻqildi

Qanday hollarda YPX xodimi haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyishi mumkin?

Transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qoʻllash belgilangan boʻlsa, haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyiladi. Masalan, xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyish mumkin emas.

Qanday hollarda YPX xodimi haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyishi mumkin?

Qanday hollarda YPX xodimi haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyishi mumkin?

Agar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunchilikda transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qoʻllash belgilangan boʻlsa, haydovchilik guvohnomasi YPX xodimi tomonidan olib qoʻyilishi mumkin.

Boshqa hollarda haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyilganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga, shuningdek, haydovchilik guvohnomasining taloniga tegishli yozuv kiritiladi va talon haydovchiga qaytarib beriladi.

Masalan: xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun haydovchilik guvohnomasini olib qoʻyish mumkin emas.

Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun esa haydovchilik guvohnomasi olib qoʻyiladi chunki, ushbu huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilangan.

Eslatma: transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud tomonidan qoʻllaniladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ