Majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi
2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yigʻimlar, jarimalar va boshqa majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi.

“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari.
Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.
Farmon bilan 29 ta namunaviy tuman (shahar)larda 2020 yilda va 2021 yil I choragi yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.
2020 yil 1 noyabrdan investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablagʻlarining 5 foizdan kam boʻlmagan qismi "raqamli" komponentlarga yoʻnaltiriladi.
Farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Adliya vazirliklari va ular tasarrufidagi tashkilotlarda “Raqamli idora” loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida, jumladan, 2022 yil 1 yanvarga qadar qogʻozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda barcha maʼmuriy tartib-taomillar va operatsion jarayonlar raqamlashtiriladi.
2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yigʻimlar, jarimalar va boshqa majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

