| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

AQSh Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan iyun oyida eʼlon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida 200 ta oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamasi Oʻzbekistonga taqdim qilindi.

AQSh Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi

AQSh tomoni mamlakatimizga umumiy qiymati 2,5 million dollar boʻlgan 200 ta oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamasini yubordi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar berdi.

Oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamasi Prezident Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan iyun oyida eʼlon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.

Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqdim etilgan tibbiy jihozlar Vashingtondagi elchixona tomonidan Oq uy maʼmuriyati, AQSh Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan oʻtkazilgan qator maslahatlashuvlar natijasida Oʻzbekistonga yetkazib berildi.

Jihozlarning texnik xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar diplomatik vakolatxonamizning USAID idorasi vakillari va Kaliforniya universiteti ekspert-anesteziologlari bilan uchrashuvda taqdim etildi.

Maʼlum qilinishicha, asbob-uskunalar tibbiy texnologiya va dasturiy taʼminot ishlab chiqish boʻyicha 40 yildan ortiq tajribaga ega Amerikaning «Zoll Medical Corporation» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Qayd etilganidek, oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamalari Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muassasalarining texnik infratuzilmasini hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarildi. Vositalar statsionar davolanishda, havo tibbiy transportida yoki tez yordam mashinalarida tashish paytida intensiv terapiya uchun ishlatiladi.

Kaliforniya universiteti amaliyotchilari moslamalarning COVID-19 bilan kasallanganlarni davolashda, shu jumladan, bemor nafas olishda qiynalganda va kasallikning ogʻir bosqichlarida samarali ekanini tasdiqladi. Ushbu qurilmalar oʻpkani sunʼiy ravishda shamollatishning turli usullaridan foydalanish, turli yoshdagi bemorlar hayotiy funksiyalarini qoʻllab-quvvatlashga imkon beradi.

Ushbu moslamalar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha mintaqalaridagi 62 ta tibbiyot muassasasi oʻrtasida taqsimlanishi aytilmoqda

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ