Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi boʻyicha qarori yuzasidan mutaxassislarning fikr-mulohazalari (video)
27 avgust kuni “Oʻzbekiston 24” telekanalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori mutaxassislar oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

27 avgust kuni “Oʻzbekiston 24” telekanali Markaziy studiyasida ekspertlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida koʻzda tutilgan maqsadlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan koʻrsatuv tashkillashtirildi.

Unda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Hakimov va markaz ilmiy xodimlari, Moliya vaziri birinchi oʻrinbosari Dilshod Sultanov, Moliya vaziri oʻrinbosari Jamshid Abruyev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov, YuNISEF tashkiloti eksperti Umid Aliyev, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Koʻrsatuvda 26 avgust kuni Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi boʻyicha qarori yuzasidan mutaxassislarning fikr-mulohazalari eshitildi.
Maʼlumot uchun, 426 mlrd. soʻmlik navbatdagi paket asosan moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh toʻplamlari, maktab formasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlash maqsadida ushbu qaror qabul qilindi.
Koʻrsatuvda moddiy yordamga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar qanday manbalardan shakllantirilishi, 500 ming soʻmni olishning aniq tartiblari haqida maʼlumotlar berildi.

Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab ijtimoiy nafaqalarni tayinlash boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlashda Yagona ijtimoiy himoya Reyestri joriy etilmoqda.
Koʻrsatuvda taʼkidlanganidek, joriy yilda ijtimoiy nafaqa bilan taʼminlanadigan aholi soni qariyb 2 barobarga oshirilib, yil yakunigacha nafaqa oluvchilar soni 791 mingdan 1,2 millionga yetkaziladi. Ana shu ijtimoiy toifa va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun davlat byudjetidan 12,5 trln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Maʼlumot uchun, inqiroz davrida uyma-uy yurish orqali aholini ijtimoiy himoya qilishning oʻziga xos usuli – “temir daftar” deb nom olgan, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxati shakllantirildi. Ushbu toifadagi 1 million 700 mingdan ortiq aʼzosi boʻlgan 410 mingdan ziyod oilalarga moddiy yordam koʻrsatilmoqda.
UNICEF va Xalqaro mehnat tashkilotining qoʻshma hisobotiga koʻra, ota-onalari ishsiz qolishi yoki kasalligi tufayli koʻplab bolalar ekspluatatsion va xavfli ish izlashga majbur boʻlishmoqda.

Ushbu qarorga asosan 13,5 mingga yaqin maktabgacha taʼlim muassasalari va 10 minga yaqin Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi maktablar xodimlarini markazlashgan tartibda 2020 yil 1 oktyabrga qadar bepul grippga qarshi emlash topshirilgan.
Shuningdek, koʻrsatuv davomida Moliya vaziri oʻrinbosarlari avval tarqatilgan naqd pul koʻrinishidagi moddiy yordamlarning tarqatilish jarayonidagi oʻziga yarasha qiyinchilik va muammolari toʻgʻrisidagi savollarga ham artoflicha javob berib ketishdi.
Maʼlumot uchun, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati yurtimizdagi koʻplab tadbirkorlarni yagona maqsad ostida birlashtirdi va millionlab yurtdoshlarimizga begʻaraz yordam koʻrsatildi. Bu harakat tom maʼnoda qudratli kuchga aylandi.

Shu bilan birga, Moddiy yordamning pul koʻrinishda berilishining asosiy sabablari, berilayotgan mablagʻ barcha kerakli anjomlarni xarid qilishga yetadimi, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini boshqa oʻquvchilarga nisbatan ajralib qolish xissi uygʻonmasligi maqsadida maktablarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda, degan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar berildi.
Koʻrsatuvni tomosha qilish uchun ushbu havolaga kiring.
Koʻrsatuvda boʻlib oʻtgan savol-javoblar saytda yoritib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

