Umid Aliyev: Kambagʻallik qopqonidan chiqarish uchun ijtimoiy nafaqalarni 18 yoshgacha doimiy toʻlab borish zarur (video)
Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan ikkinchi ijtimoiy himoya paketi boʻyicha qarori yuzasidan “Oʻzbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan koʻrsatuvda YuNISEF tashkiloti eksperti Umid Aliyev inson kapitalini rivojlantirish va kambagʻallikdan chiqish uchun ijtimoiy nafaqalarni doimiy ravishda amalga oshirib borish toʻgʻrisida tashkilot tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov:
Ota-onalari ishsiz qolishi yoki kasalligi tufayli koʻplab bolalar pandemiya davrida ekspluatatsion va xavfli ish izlashga majbur boʻlishmoqda. Va buning natijasida maktabga qatnash imkoniyatlari pasaymoqda. Mana shu qarorni yoki boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida hozirgi davrda olib borilayotgan, oʻzgarayotgan ijtimoiy himoya tizimi haqida Umid Aliyev siz bu haqda nima deya olasiz?
YuNISEF tashkiloti eksperti Umid Aliyev:
BMTning bolalar jamgʻarmasi, yaʼni YuNISEF bolalarning ijtimoiy himoyasiga yoʻnaltirilgan ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlaydi. Siz taʼkidlab oʻtgan tadqiqotda ham shu koʻrsatilgan. Koʻp holatlarda kam taʼminlangan oilalar oʻz farzandlarini maktabga yuborishda zarur boʻlgan xarajatlarni qoplashga mablagʻ topolmaganligi uchun maktabga yubormasdan uydan olib qolish holatlari ham kuzatiladi.

Ikkita roʻyxatda boʻlgan bolalarga moddiy yordam qanday toʻlanadi (video)
Buning natijasida kam taʼminlangan yoki boshqa sabablarga koʻra zaifliklarga ega boʻlgan bolalar uzluksiz ravishda, maktab tizimi bepul boʻlgan holatda ham oʻsha maktabdan toʻlaqonli foydalanib, oʻz bilim va koʻnikmalariga ega boʻlishdan mahrum boʻladi. Buning natijasi kam taʼminlangan yoki boshqa zaifliklarga ega boʻlgan bolalarda mehnat koʻnikmalari hamda kelajakda toʻlaqonli fuqarolar boʻlib yetishiga toʻsqinlik qiladi. Shunga oʻxshagan qarorlar, yaʼni bolalarni maktabga yoʻnaltirish uchun zarur boʻlgan xarajatlarni qoplashga beriladigan moddiy yordam barcha oilalarning farzandlarini uzluksiz taʼlim olishlarini taʼminlovchi qaror sifatida qarashimiz mumkin.
Koʻp iqtisodchilar tomonidan eʼtirof etilayotgan Oʻzbekistonda 2020 yildan boshlab ijtimoiy himoya tizimiga xarajat emas, bu inson kapitalini kelajakda rivojlantirish uchun kiritilayotgan investitsiya sifatida qarash degan yoʻnalish paydo boʻldi.
Xalqaro tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, aynan bolaning yoshlik paytida, yaʼni 7 yosh, 10 yosh yoki 7 yoshdan oldin boʻlgan ozuqa sifati, uni maktabga qatnashi, bular bolada mehnat koʻnikmalarini yaratilishida kerak boʻlgan insoniy kapitalning rivojlanishida toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir etuvchi omillardir. Shuning uchun bolani yosh davrida, maktabga chiqishini uzluksiz taʼminlab berish ijtimoiy kapitalni rivojlantirishga toʻgʻridan toʻgʻri beriladigan investitsiyadir.
Shu borada YuNISEF tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar toʻgʻrisida nima deyolasiz?
Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimi toʻgʻridan toʻgʻri birinchidan kambagʻallik darajasini pasaytirishga ijobiy taʼsir etmoqda. Tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatmoqdaki, umumiy ravishda 39 % kambagʻallik darajasini pasaytirishga ijtimoiy himoya dasturlari taʼsir koʻrsatadi.
Ijtimoiy himoya tizimi boʻlmaganda kambagʻallik darajasi hozirgi darajadan 39% balandroq boʻlardi, demoqchisiz. Shundaymi?
Yaʼni, bu ijtimoiy himoya tizimi toʻgʻridan toʻgʻri kambagʻallikni kamaytirishga taʼsirini koʻrsatmoqda. Bundan tashqari bolalar nafaqalariga keladigan boʻlsak, tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, nafaqa oluvchi oilalarda bolalarni maktabda oʻqishi, yaʼni akademik mahorati sezilarli darajada nafaqa olmayotgan va xuddi shunday moddiy ahvolda yashayotgan oilalardagi bolalardan koʻra ancha ustun. Bolalar uchun beriladigan ijtimoiy nafaqalar ularni maktabda koʻnikma olishiga, oziq-ovqat sifatini toʻgʻridan toʻgʻri yaxshilashiga olib bormoqda va shu orqali oʻsha bolalarda inson kapitali shakllanishida ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Iqtisodiyotda kambagʻallik qopqoni degan narsa bor. Kambagʻal odam inson kapitalini investitsiya qilolmagani uchun, uning bolalari ham yana shu kambagʻallikda qolib ketadi. Mana shu hozir olib borilayotgan ijtimoiy himoya tizimi, ijtimoiy himoya toʻlovlari kambagʻallarni kambagʻallikdan chiqarishga xizmat qiladi demoqchimisiz?
Kambagʻallik qopqonidan chiqarish uchun ijtimoiy nafaqalarni maʼlum bir oilaga yetkazish, ularni keng qamrovli davomiyligini taʼminlash zarur boʻladi. Ijtimoiy nafaqalarni doimiy rivojlantirish, uzluksiz ravishda 18 yoshgacha doimiy toʻlab borilishi kambagʻallik qopqonidan chiqaruvchi omil boʻladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

