Imtihon kunlari Toshkent shahridagi avtobuslar odatdagidan barvaqt ish boshlaydi (+xarita)
Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari Paxtakor stadioni, Milliy bogʻ, Talabalar shaharchasi, Ashxobod bogʻi, Gʻalaba bogʻi, Botanika bogʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2020 yil 2 sentyabr kunidan boshlab ikki hafta davomida oliy taʼlim muassasalariga 2020-2021 yillardagi qabul uchun test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan.
Xususan, Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari Paxtakor stadioni, Milliy bogʻ, Talabalar shaharchasi, Ashxobod bogʻi, Gʻalaba bogʻi, Botanika bogʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Test sinovlari oʻtkaziladigan kunlarda abituriyentlarning belgilangan manzillarga oʻz vaqtida yetib borishlarini taʼminlash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida 2020 yil 2 sentyabrdan boshlab test sinovlari yakunlangunga qadar Toshkent shahridagi avtobus yoʻnalishlarida ish boshlash vaqti soat 5:00 dan belgilandi.
Avtobuslar yoʻnalishlariga belgiganlangan jadvallar asosida avtobuslarning ishga chiqarilishi, yoʻnalishlarda qatnov vaqtlari va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishi, belgilangan qatnovlar sonini bajarilishi hamda avtobuslarning texnik va sanitar holati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.
Test sinovlari oʻtkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi yoʻnalishlarning faoliyati alohida nazoratga olinadi.
Ilovada keltirilgan chizmalardan test sinovlari oʻtkaziladigan manzillarda harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishlari toʻgʻrisida maʼlumot olishingiz mumkin.






Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

