| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi64 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingida keskin yuqoriladi

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingining 1-oʻrinida Shveysariya oʻrin olgan. Oʻzbekiston 30 pogʻona yuqorilab, 93-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks-2020 reytingida keskin yuqoriladi

Global innovatsion indeks-2020 (GII) reytingida Oʻzbekiston 93-pogʻonadan oʻrin oldi. Taʼkidlanishicha, soʻnggi besh yil davomida respublika GIIga maʼlumotlar mavjud boʻlmaganligi sababli kiritilmagan.

2020 yilda 80 ta koʻrsatkichdan iborat boʻlgan Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari ichida Institutsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infrastruktura (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yoʻnalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini koʻrish mumkin. Reytingda Shveysariya 1-oʻrinni egallagan. Rossiya – 47-oʻrin, Qozogʻiston – 77-oʻrin, Qirgʻiziston – 94-oʻrin, Tojikiston – 109-oʻrinda keltirilgan.

Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan soʻrovnomalar va 61 ta koʻrsatkichlarga tegishli miqdoriy statistik maʼlumotlardan tashkil topgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ