| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑

O'zbekistonning ommaviy yangiliklari: ijtimoiy dasturlar, kambag'allarga yordam, Review.uz saytida O'zbekistonda ijtimoiy hayotning so'nggi yangiliklari

629 ta material

Jamiyat

Kontrakt toʻlashga ulgurmagan talabalar oʻqishdan chetlatilmaydi va talablarning stipendiyasi toʻliq toʻlab beriladi

Karantin tufayli berilgan taʼtil sabab toʻlov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmagan talabalarga (shu jumladan, 1-kursning 2-yarmi uchun toʻlovlarga) rektorlar tomonidan qoʻshimcha muddat beriladi. Shuningdek, karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya toʻlab beriladi. Faqatgina toʻlov turida oʻzgarish boʻlishi mumkin – Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.

Jamiyat

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor vafot etdi

Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor bugun, 24 mart kuni miokard infarktidan vafot etdi. U Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Jamiyat

Oʻzbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus yuqtirib olgan

Oʻzbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million soʻm toʻlanadi.

Jamiyat

Koronavirusga chalingan va karantinga olingan bemorlarni davolashga kirishgan shifokorlarning oyligi 25 million soʻmgacha oshirildi

Maxsus toʻlovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan, joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida toʻlab beriladi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million soʻm;

Jamiyat

1 aprelda nimalar oʻzgaradi?

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkni olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligini koʻzda tutuvchi tartib joriy etiladi.

Jamiyat

Namangan shahri ham karantinga olindi

Namangan shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Namangan shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) toʻxtatildi.

Jamiyat

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya bir oilaga nechi marotaba beriladi?

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish tartibi belgilandi. Unga koʻra, boshlangʻich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.

Jamiyat

Ipoteka boʻyicha boshlangʻich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi

Uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʻich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Jamiyat

Oʻzbekistonda kasallik aniqlangan ilk bemor haqida maʼlumot berdi

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni oʻz xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgani haqida va bu oʻrinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Jamiyat

Toshkent shahri va viloyatlarda maxsus karantin obʼyektlari quriladi

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish maqsadida maxsus karantin obʼyektlari quriladi.

Jamiyat

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlar izolyatorga joylashtiriladi

Koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxslarga boʻlinadi. Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi. Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.

Jamiyat

Karantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun toʻlovlar kechiksa uzib qoʻyilmaydi

23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun oʻchirib qoʻyilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat taʼtiliga chiqarish belgilangan.

Jamiyat

Karantin vaqtida Toshkent shahriga kimlarning kirishlari uchun ruxsat beriladi

Oʻzbekiston hududida 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi. Bu haqda 23 mart kuni “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Jamiyat

Toshkent viloyatida nooziq-ovqat bozorlari va ovqatlanish shoxobchalari yopiladi

Ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi.

Jamiyat

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi

Xalqaro press-klub "COVID-19"ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bagʻishlangan sessiyada Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev hukumatga moddiy yordam berish maqsadida fond tashkil qilingani haqida xabar berdi.

Jamiyat

Faqulotda holat davrida qanday choralar koʻriladi?

Oʻzbekistonda "COVID-19" koronavirus infeksiyasining respublika hududida tarqalishini oldini olish maqsadida karantin eʼlon qilindi. Favqulotda holat davrida bir qancha ehtiyot choralari koʻriladi. Koʻrilgan choralarga toʻsqinlik qilganlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Jamiyat

Ertadan Toshkentga kirish va chiqish vaqtincha cheklanishi rejalashtirilmoqda

24 martdan boshlab Toshkentdan viloyatlarga chiqish va viloyatlardan Toshkentga kirish jamoat transportlari uchun toʻxtatiladi.

Jamiyat

Karantin qoidalariga rioya etmaganlarni qanday jazo kutmoqda?

Koronavirus munosabati bilan belgilangan karantin qoidalariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha respublika maxsus komissiyasi mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

Jamiyat

22 martdan Toshkent shahridagi barcha jamoat transportlari toʻxtatiladi

Jamoat transporti oʻrniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.

Jamiyat

Tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya talab etilmaydi

Aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya kerak boʻlmaydi.

Jamiyat

Prezident Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish boʻyicha koʻrsatma berdi

160 dan ortiq mamlakatga tarqalgan koronavirus infeksiyasi tufayli Oʻzbekiston hukumati oʻz fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun charter reyslarni amalga oshiradi. Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish 21 martdan amalga oshiriladi.

Jamiyat

Oʻzbekiston baxtli mamlakatlar reytingida koʻtarildi va 38 oʻrinni egalladi

Gallup tomonidan anʼanaviy ravishda eʼlon qilinadigan World Happiness Report 2020 reytingida Oʻzbekiston 153 ta mamlakat orasida 38-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston MDHga aʼzo davlatlar orasida yetakchilikni saqlab turibdi.

Jamiyat

23 martdan boshlab Oʻzbekistonda toʻy va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taʼqiqlanadi

Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va shunga oʻxshash ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taʼqiqlanadi. Bundan tashqari bir qancha obʼyektlar va xizmat faoliyatlari toʻxtatiladi.

Jamiyat

Talabalar uchun videodarslardan iborat maxsus kanal ishga tushirildi

Eng malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan videomaʼruzalar ushbu kanalga muntazam joylashtirib boriladi.

Jamiyat

Poytaxtda yer narxining minimal qiymati belgilandi

Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida hamda tumanlar kesimi boʻyicha narxlanadi.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ