| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi2 269 marta oʻqildi

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi

Xalqaro press-klub "COVID-19"ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bagʻishlangan sessiyada Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev hukumatga moddiy yordam berish maqsadida fond tashkil qilingani haqida xabar berdi.

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi

23 mart kuni Xalqaro press-klub "COVID-19"ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bagʻishlangan sessiya tashkil qilindi. Unda Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi.

Sodiq Safoyev koronavirus ofatiga qarshi kurash faqat hukumatning ishi boʻla olmasligini, senatorlar "Oʻzbekiston Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi tashkil etib, hukumatga moddiy yordam berishga qaror qilganini maʼlum qildi.

"Shu jamgʻarmaga pul oʻtkazib, hukumatga yordam berish niyatida boʻlganlar bizga qoʻshilishini soʻraymiz", dedi Sodiq Safoyev.

Jamoat fondi rekvizitlari:

Manzil: 100027, Toshkent sh, Shayxontohur tumani, k. Furqat, 1-uy;

Telefon: 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59;

Elektron manzil: mehr@info.uz;

Hisob-raqamlari:

- 20 212 000 4001 0173 4001 (soʻmdagi);

- 20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollaridagi);

- 20 212 978 0001 0173 4001 (Yevrodagi);

Bank nomi: "Ipoteka-bank", Mehnat filial;

MFO: 00 423, INN: 200 897 248, OKONX: 98 600.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ