Tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya talab etilmaydi
Aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya kerak boʻlmaydi.

Sogʻliqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda tibbiyot niqobini ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Shuningdek, tibbiyot niqobi amaliyotda qoʻllash uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Ushbu buyruq aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilindi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

