| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi794 marta oʻqildi

Ipoteka boʻyicha boshlangʻich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi

Uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʻich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Ipoteka boʻyicha boshlangʻich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi

25 mart kuni “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq:

  • uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʻich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

  • uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholanadi;

    Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya bir oilaga nechi marotaba beriladi?

  • tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalari koʻrib chiqiladi;

  • sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni toʻlab berish tartibi belgilandi.

Qarorga koʻra:

  • Davlat xizmatlari agentligi hududiy boʻlinmalari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlash jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar;

  • tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan maʼlumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ