Faqulotda holat davrida qanday choralar koʻriladi?
Oʻzbekistonda "COVID-19" koronavirus infeksiyasining respublika hududida tarqalishini oldini olish maqsadida karantin eʼlon qilindi. Favqulotda holat davrida bir qancha ehtiyot choralari koʻriladi. Koʻrilgan choralarga toʻsqinlik qilganlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Koronavirus tarqalishi tufayli favqulodda holat davrida qanday ehtiyot choralari koʻriladi? Bu haqda xalqaro tajriba maʼlumotlarini keltiramiz.
Maxsus ruxsatnomasiz fuqarolarning viloyatlararo koʻchishi taqiqlanadi;
Oziq-ovqat doʻkonlari, dorixona va banklardan tashqari barcha savdo obʼyektlari yopiladi;
Ommaviy tadbirlarni (10 kishidan ortiq) oʻtkazish taqiqlanadi;

Hukumat epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida tadbirkorlarning mulkidan foydalanishi mumkin;
Biznes hukumatdan koʻrsatmalar olishi mumkin;
Hukumat tibbiy maʼlumotga ega fuqarolarning umumiy safarbarligini eʼlon qilishi mumkin;
Fuqarolar uyda qolish tavsiyalariga rioya etmayotganliklari xavfi sabab hukumat armiyani safarbar qilishga tayyor;
Oʻquv jarayonlari toʻxtatiladi;
Davlat xizmatchilarining aksariyat qismi masofaviy ishlashga oʻtkaziladi, bu xususiy sektorlarga ham tavsiya qilinadi;
Jamoatchilik tartibini, oʻta muhim davlat va strategik obʼyektlarni, shuningdek, aholi hayoti va transport xizmatini taʼminlovchi obʼyektlar muhofaza qilish kuchaytiriladi;
Tibbiy koʻrik va davolanishdan bosh tortgan shaxslar ustidan va karantin rejimiga rioya qilish nazorati kuchaytiriladi;
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun favqulodda holatlarga rioya etmaganlik uchun jarima solishdan to ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qoʻllaniladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

