Prezident Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish boʻyicha koʻrsatma berdi
160 dan ortiq mamlakatga tarqalgan koronavirus infeksiyasi tufayli Oʻzbekiston hukumati oʻz fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun charter reyslarni amalga oshiradi. Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish 21 martdan amalga oshiriladi.

Xorij mamlakatlaridagi va ogʻir ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga fuqarolarni mamlakatga qaytarish boʻyicha aviareyslarni tashkillashtirish boʻyicha koʻrsatma berdi. Bu haqda Oʻzbekistnon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Komissiya Oʻzbekistonga parvoz qiladigan quyidagi charter reyslar grafigini tuzib chiqdi:
21 mart kuni Moskva shahridan (Rossiya) soat 03:30da; Deli shahridan (Hindiston) soat 17:30da;
22 mart kuni Kuala-Lumpur shahridan (Malayziya) soat 04.30da; Moskva shahridan (Rossiya) soat 05:00da, Istanbul shahridan (Turkiya) soat 06:00da va Novosibirsk shahridan (vaqti aniqlashtirilmoqda);
23 mart kuni Seul shahridan (Koreya Respublikasi) soat 02:00da;
24 mart kuni Djakarta shahridan (Indoneziya) soat 07:00da;
26 mart kuni Bangkok shahridan (Tayland) soat 01:00da.
Boshqa mamlakatlardan fuqarolarni qaytarish davom etadi.
Oʻzbekistonga qaytgan fuqarolar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti talablariga koʻra 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

