Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya bir oilaga nechi marotaba beriladi?
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish tartibi belgilandi. Unga koʻra, boshlangʻich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi va tegishli hujjatlarni ilova qiladi.

Ipoteka boʻyicha boshlangʻich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizani uning oila aʼzolari berishi mumkin.
DXMlar va YaIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.
Subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktyabrgacha boʻlib, ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Masʼul tashkilotlar 10 ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida oʻrganib chiqadi.
Subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish boʻyicha komissiya taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalariga koʻra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Boshlangʻich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.
Taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

