Toshkent viloyatida nooziq-ovqat bozorlari va ovqatlanish shoxobchalari yopiladi
Ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi.

Bugun Nurafshon shahrida Rustam Xolmatov rahbarligidagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining ishchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
24 martdan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi.

22 martdan Toshkent shahridagi barcha jamoat transportlari toʻxtatiladi
Karantin talablariga rioya etmay, xoʻrandalarni qabul qilishda davom etayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga nisbatan choralar kuchaytiriladi.
Korxona va tashkilotlar tomonidan oʻz ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamgʻarilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.
Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

